Dehqonobod tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish va yurak qon-tomir kasalliklarini erta aniqlash maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

RIKIATM Qarshi filialida faoliyat olib borayotgan malakali kardiolog va funksional diagnostika shifokorlardan iborat “Mobil guruh” a’zolari Prezidentimizning “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 103-sonli hamda Qashqadaryo viloyat xokimining 337-4-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Dehqonobod tuman markaziy poliklinikasiga tashrif buyurishdi. U yerda ambulator sharoitda bemorlar bepul ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida 41 nafar yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan tavsiyalar berildi. Funksional diagnostika bo‘yicha ko‘chma EXOKG apparatlari bilan tekshiruvlarni ham o‘tkazildi. Tekshiruvda bemorlar orasida jarroxlik amaliyotiga ehtiyoji borlari ham aniqlanib, ularga respublika va viloyat darajasida jarroxlik amaliyoti o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Zero tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun