Kuni kecha filialga Rossiya federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridan rentgen endovaskulyar jarrox t.f.n. Anton Andreevich Xilchuk tashrif buyurdi.
Maxorat darslari davomida 3 nafar bemorda ichki uyqu arteriyasi stentlash amaliyoti o‘tkazish orqali insult xavfi bartaraf etildi, 1 nafar bemorda esa koronar tomir surunkali okklyuziyasi ochilib stentlash amaliyoti o‘tkazildi va bemor uzoq yillik yurak og‘riqlaridan holos buldi. O‘tkazilgan mahorat darsi davomida bemorlarda jarrohlik amaliyotida asoratlar kuzatilmadi. Hozirda bemorlarning ahvoli qoniqarli.
O‘tkazilgan ushbu mahorat darslari davomida hamkorlikdagi amaliyotlardan tashqari filial mutaxassislari xorijlik mutaxassislar nazorati ostida o‘zlari mustaqil ravishda amaliyotlarni ham amalga oshirishdi. Bunday maxorat darslari kelgusida mutaxassislarimizning o‘z ustida ishlashiga va o‘zlari mustaqil ravishda o‘tkazishlariga zamin yaratadi.
RIKIATM Qarshi filiali jamoasi o‘tkazilgan mahorat darslari uchun Anton Andreevichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.