Chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikdagi jarroxlik amaliyotlarini bajarish kundan kunga ortib bormoqda

Rossiya Federatsiyasi Sankt Piterburg shahridan kardiojarrox Snegirev Mixail Aleksandrovich filial jamoasi taklifiga binoan yana bir bora tashrif buyurdi. Taklifdan maqsad markaz mutaxassislarining malakasini va xalqaro hamkorlik ishlari ko‘lamini oshirishdan iborat. Snegirev Mixail Aleksandrovichning tashrifi 31 yanvargacha davom etishi ko‘zda tutilgan. Tashrif davomida 20 ga yaqin ochiq turdagi jarroxlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan, jumladan davlat budjeti hisobidan.  Snegirev Mixail Aleksandrovich tomonidan  bepul shifokor ko‘rigi va maslaxatlari berib borilmoqda.

Bugunning o‘zida 3 nafar bemorda jarroxlik amaliyotlari va 10 nafar bemorlarda bepul shifokor ko‘riklari o‘tkazildi.                                                                                                                  

Quvonarlisi chet ellik mutaxassislar nazorati ostida mutaxassislarimiz ham o‘zlari mustaqil ravishda jarroxlik amaliyotlarini bajarishmoqda.