RIKIATM Qarshi filialida telemeditsinani rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 18 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va shu markazning Qarshi filiali o‘rtasida videokonferension aloqa shaklida telemeditsina muloqoti tashkillashtirildi.

 

Muloqotda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kardiologi t.f.d N.U.Zakirov, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kardiologi t.f.n N.T.Yakubbekov va Qarshi filiali direktori t.f.n. Ya.R.Axmatov  boshchiligidagi bir guruh shifokorlar kardioreanimatsiya bo‘limida davolanayotgan 3 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning kasallik tarixi asosida bemorlar xolati klinik jixatdan taxlil etildi. Muloqot so‘ngida t.f.d N.U.Zakirov va t.f.n N.T.Yakubbekovlar o‘zlarining zarur tavsiya va tushunchalarini berdi.

 

Innovatsion telemeditsinani izchil yo‘lga qo‘yilishi orqali aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi kengayadi, olis hududlarda yashovchi fuqarolarimizning ilg‘or tibbiy xizmatlardan bahramand bo‘lishiga xizmat qiladi.