O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati

26.02.2003 yildagi PF-3214-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

https://lex.uz/docs/170143

 

Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar 

RO‘YXATI

  1. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  2. Chin yetimlar;
  3. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  4. 1941 — 1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  5. Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
  6. 1941 — 1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
  7. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  8. Baynalmilalchi-jangchilar;
  9. Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari.
  10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
  11. Chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yoshdagi) shaxslar;
  12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, patologiyali homilador ayollar;
  13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar;
  14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar;
  15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, sil kasalligiga chalingan shaxslar;
  16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslari.
  17. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar.