Bugun — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Madhiya — milliy g‘ururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. Uni tinglaganda ham, kuylaganda ham qalblarimizda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari yanada jo‘sh uradi, shu yurtning farzandi ekanimizdan iftixor tuyamiz. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768 ­XII ­sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.