RIKIATM Qarshi filialida ilk bora 3D angiografiya yordamida yopiq usuldagi yuqori texnologik amaliyoti o‘tkazildi.

Joriy yilning 9 dekabr sanasida Rossiya federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridan rentgen endovaskulyar jarrox t.f.n. Anton Andreevich Xilchuk tashrif buyurdi.

 

Maxorat darslari davomida ilk bora 3D angiografiya yordamida aorta koarktatsiyasi bilan kasallangan bemorga stent-graft amaliyotlari muvaffakiyatli bajarildi. Angiografik va klinik jihatdan ijobiy natijalarga erishildi. O‘tkazilgan mahorat darsi davomida bemorlarda jarrohlik amaliyotida asoratlar kuzatilmadi. Hozirda bemorlarning ahvoli qoniqarli.

 

Ma’lumot uchun: Aorta koarktatsiyasi-bu yurak qon-tomir tizimining tug‘ma nuqsoni hisoblanib, aorta bo‘yincha (isthmus) qismining torayishi bilan kechadigan kasallik. Kasallikning uchrash tezligi barcha tugma yurak kon-tomir nuksonlarining 4-8% ni tashkil etadi.

 

O‘tkazilgan ushbu mahorat darslari markazimiz bilan o‘zaro tajriba almashishga, bemorlarga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatishga, shifokorlarning o‘z markazida malakasini oshirishga va eng muhimi xalqimizga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirishga xizmat qiladi.

 

RIKIATM Qarshi filiali jamoasi o‘tkazilgan mahorat darslari uchun Anton Andreevichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.