Bugun RIKIATM Qarshi filialining katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tug‘risida batafsil, hamda hozirgi vaqtda yurtimizda boshqa sohalar kabi tibbiyot sohasida olib borilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.
Barchaga ma’lumki, joriy yil Hurmatli Prezidentimizning «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, turli sohalar rivoji uchun munosib hissa qo‘shayotgan xodimlar taqdirlanishi belgilandi.
Qashqadaryo viloyatida ham 2000 nafardan ziyod qator soha vakillari va nuroniylar «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi. Shular qatorida RIKIATM Qarshi filiali intervension kardiologi Bexruz Yuldoshev ham ushbu esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Markazimiz jamoasi nomidan barcha O‘zbekiston halqini kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bilan qutlaymiz. Mamlakatimiz tinchligi va barqarorligi bardavom bulsin. Barcha Respublikamiz fuqarolariga sog‘lik va salomatlik tilaymiz.