RIKIATM Qarshi filialiga Rossiya Federatsiyasi Sankt Peterburg shahridan kardiojarrox Snegirev Mixail Aleksandrovich filial jamoasi taklifiga binoan tashrif buyurdi. Taklifdan maqsad markaz mutaxassislarining malakasini va xalqaro hamkorlik ishlari ko‘lamini oshirishdan iborat.
Joriy yilning 29 noyabrdan 3 dekabr kuniga qadar hamkorlikda 8 nafar bemorda ishlab turgan yurakda kardiojarroxlik amaliyotlari amalga oshirildi. 50 nafarga yaqin bemorlarda bepul tibbiy ko‘riklar bo‘lib o‘tdi.
Tashrifning so‘ngi kunida Snegirev Mixail Aleksandrovich tomonidan “Kardiojarroxlikda kaminvaziv amaliyotlar” mavzusida ma’ruza qilindi. Ma’ruza yig‘ilganlarda ajoyib taasurot qoldirdi. Savol javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan Snegirev Mixail Aleksandrovichga tashakkurnoma taqdim etildi.
RIKIATM Qarshi filiali jamoasi o‘tkazgan mahorat darslari va jarroxlik amaliyotlari uchun Snegirev Mixail Aleksandrovichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusi ishlarida rivoj tilaydi.