O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ixtsoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh joriy yilning 10-12 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining bir nechta tumanlarida tibbiy ko‘rik tashkil etishdi.
Jumladan ishchi guruh a’zolari RIKIATM diretori o‘rinbosari A.M. Karimov, kardiolog shifokor A.A. Norboev, intervesion kardiolog Sh.M. Erkaboev, kardiolog shifokor N.A. Usmonovalar birgalikda Qarshi shahrida 40 ga yaqin bemor ko‘rilib, 16 nafariga respublika darajasida yuqori texnologik amaliyotga ko‘rsatma berildi. Mirishkor tumanida ham 40 ga yaqin bemor ko‘rilib, 6 tasi respublika darajasida yukori texnologik amaliyotga ko‘rsatma, Qarshi tumanida 30 ga yakin bemor kurilib, 5 tasi respublika darajasida yukori texnologik amaliyotga ko‘rsatma aniqlanib kerakli tavsiyalar berildi va ruyxati shakllantirildi.
Xar bir tumanga tashrif chog‘ida tibbiy ko‘riklar bilan bir qatorda umumiy amaliyot shifokorlari, kardiologlar va terapevt shifokorlariga kardioreabilitatsiya bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tildi.