BEShBULOQDA SAYYOR TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

Qashqadaryo viloyat xokimining 2022 yil 12 maydagi 337-4-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat hokimligi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan  «Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun» shiori ostidagi navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar olis Dehqonobod tumanining Beshbuloq mahallasida tashkil etildi.

 

Viloyat markazidan mobil poliklinika hamda mobil oftalmologik poliklinika avtobuslari karvoni bilan kelgan endokrinolog, onkolog,  oftalmolog va boshqa tor soha mutaxassislari katori Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Karshi filiali xodimlari xam ushbu tadbirda ishtirok etib, zamonaviy uskunalar yordamida birgalikda jami 51 nafar fuqaro salomatligini ko‘zdan kechirib, ularga zarur yordam va tavsiyalarni berishdi.