MUBORAK TUMANIDA TIBBIY KO‘RIKLAR TAShKIL ETILDI

Qashqadaryo viloyat xokimining 2022 yil 12 maydagi 337-4-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat hokimligi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan  «Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun» shiori ostidagi navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar Muborak tumani Qarliq MFY hududidagi 23-OP binosida tashkil etildi.

 

Tibbiy ko‘rikka Viloyatdan kelgan shifokorlar bilan birgalikda RIKIATM Qarshi filiali shifokorlari ham faol ishtirok etishdi. Tibbiy ko‘rik davomida, endokrinolog – 58 ta, kardiolog- 42ta, travmatolog- 38 ta, nevropatolog-  60 ta, urolog- 42 ta, onkolog – 28 ta, okulist- 44 ta, UZI shifokorlari-70 ta bemorni, jami – 482 ta Qarlik xududidagi  axoli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikka kelgan bemorlarga, kasalliklarni oldini olish uchun doimiy sog‘lom turmush tarziga rioya qilish kerakligi hakida tushintirish ishlari olib borildi va sog‘lom ovqatlanish stollari, sport burchagi tashkil qilindi. Tibbiy kurik samarali yakunlandi. Ayniqsa aholi uzog‘ini yaqin qilgan jonkuyar shifokorlardan mamnun va minnatdor bo‘lishdi.