Joriy yilning 22-25 oktabr kunlari RIKIATM QF da Qozog‘iston Respublikasi, Taraz shaxrida joylashgan «Kardioxirurgiya va transplantatsiya ilmiy-amaliy markazi»klinikasidan tashrif buyurgan kardiojarrox Muxamedov Ikromjon Ismanovich bilan birgalikda maxorat darslari olib borildi. Viloyatimizda ilk bor 9 nafar bemorda torakoskop yordamida mini invaziv, ya’ni kichik kesmalar orqali yurak murakkab nuqsonlaridan bo‘lgan: bulmachalararo va qorinchalararo tusiq nuqsoni, Fallo tetradasi berkitish amaliyotlari bajarildi. Shundan 2 nafar bemor Saxovat va kumak jamg‘armasi, 4 nafar bemor Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi va 3 nafar xujalik xisobidan davolanayotgan bemorlar hisoblanadi.
Ushbu torakoskop yordamida mini invaziv, ya’ni kichik kesmalar orqali bajarilgan kardiojarrohlik amaliyotini afzallik jixatlari bo‘lib, ko‘krak qafasi butunligi saqlanishi (bunda ko‘krak qafasi ochilmaydi), kam shikastlanish va kosmetik jixatdan ustun (operatsiya o‘rni yaqqol ko‘zga tashlanmaydi) ligi xisoblanadi.
Shu bilan birga RIKIATM Qarshi filiali va Kozogiston respublikasi, Taraz shaxrida joylashgan «Kardioxirurgiya va transplantatsiya ilmiy-amaliy markazi»klinikasi urtasida yuqori texnologik kardiojarroxlik amaliyotini rivojlantirish buyicha o‘zaro memorandum imzolandi.