ShAHRISABZ TUMANIDA TIBBIY KO‘RIKLAR TAShKIL ETILDI

Qashqadaryo viloyat xokimining 2022 yil 12 maydagi 337-4-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat hokimligi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan  «Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun» shiori ostidagi navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar Shahrisabz tumani Xazora MFY hududidagi 38-OP binosida tashkil etildi.

 

Viloyat markazidan mobil poliklinika hamda mobil oftalmologik poliklinika avtobuslari karvoni bilan kelgan endokrinolog, onkolog,  oftalmolog va boshqa tor soha mutaxassislari qatori Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Karshi filiali xodimlari xam ushbu tadbirda ishtirok etib, zamonaviy uskunalar yordamida birgalikda jami 300 nafarga yaqin fuqaro salomatligini ko‘zdan kechirib, ularga zarur yordam va tavsiyalarni berishdi.