Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan «Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun!» shiori ostidagi navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar G‘uzor tumani «Yangikent» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 46-oilaviy poliklinikada tashkil etildi.
Vohamiz markazidan kelgan malakali tor soha mutaxassislari tomonidan jami 165 nafardan ziyod aholi vakilining salomatligi nazoratdan o‘tkazildi. Shifokorlar ularga tegishli tavsiya va tibbiy yordam berishdi.