O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 28 sentabrdagi KQ-410-IV-sonli qaroriga asosan hududlarda reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish buyicha viloyatimizda bulib turgan ishchi guruh a’zolaridan senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zolari X.G. Fozilov, B. A. Bo‘taeva, hamda VSSB boshlig‘i B.Q. Teshaev va viloyat tibbiyot muassasalari ma’sul rahbarlari bilan birga 12.10.2022y kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga ham tashrif buyurishdi. Tashrif davomida bemorlar, jumladan aholi uchun markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish mobaynida statsionar va ambulator ravishda davolanib turgan bemorlar bilan muloqot olib borildi. Tashrif davomida viloyatdagi tibbiyot, xususan kardiologiya yunalishi buyicha istiqbolli rejalar buyicha o‘zaro fikr almashildi.
Tibbiyotdagi isloxotlar Inson qadri uchun
