TIBBIYOT KARVONI – ENDI OLIS TUPChOQDA

\Qashqadaryo viloyat xokimining 2022 yil 12 maydagi 337-4-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat hokimligi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan  «Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun» shiori ostidagi navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar olis Kitob tumanidagi Tupchoq mahallasidagi kollej binosida tashkil etildi.

 

«Tupchoq» MFY hududidagi Tupchoq, Saroy, Iskana, Jayraxona, Yangiobod qishloqlarida jami 9600dan ortiq aholi istiqomat qiladi.

 

Viloyat markazidan mobil poliklinika hamda mobil oftalmologik poliklinika avtobuslari karvoni bilan kelgan endokrinolog, onkolog,  oftalmolog va boshqa tor soha mutaxassislari katori Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Karshi filiali xodimlari xam ushbu tadbirda ishtirok etib, zamonaviy uskunalar yordamida birgalikda jami 215 nafar fuqaro salomatligini ko‘zdan kechirib, ularga zarur yordam va tavsiyalarni berishdi.

 

Bemorlardan 15 nafari imtiyozli yo‘llanma asosida tuman, 5 nafari esa viloyat shifoxonalarida davolanadigan bo‘lishdi. Uyda yotib qolgan 7 nafar bemor ham yo‘qlanib, ularga zarur tibbiy yordamni berildi.