QAMAShIDA SAYYoR TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

Viloyat hokimligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi malakali mutaxassislar ishtirokida “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilgan navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar Qamashi tumanidagi Qorabog‘ oilaviy poliklinikasi filialida tashkil etildi.

 

Qarabog‘ qishlog‘i aholisiga viloyatdagi kardiologiya, endokrinologiya, onkologiya, ko‘z kasalliklari shifoxonalari hamda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining malakali mutaxassislari xizmat ko‘rsatishdi.

 

Jami 200 nafar ortiq bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi. Uyda yotib qolgan bemorlar uchun ham mobil ko‘riklar tashkil etildi.