Viloyat hokimligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi malakali mutaxassislar ishtirokida “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilgan navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar Nishon tumanidagi Nuriston oilaviy poliklinikasida tashkil etildi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mobil poliklinikasi hamda mobil oftolmologik poliklinika tibbiy uskunalari bugun olis nurchilar shaharchasi aholisi xizmatida bo‘ldi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining viloyatimizdagi filiallari hamda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan kelgan malakali mutaxassislar ko‘rikka kelganlarga xizmat ko‘rsatishdi.
Jami 243 nafar bemor ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi. 6 nafar bemorga viloyat endokrinologiya shifoxonasiga, 1 nafar bemorga viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasiga, 18 nafar bemorga tumandagi tibbiy muassasasalarda yotib davolanish uchun imtiyozli yo‘llanmalar rasmiylashtirildi. Uyda yotib qolgan bemorlar uchun ham mobil ko‘riklar tashkil etildi.