Qashqadaryo viloyati hokimligi va Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Mirishkor tuman Pomuq shaharchasidagi tuman poliklinkasida «Tibbiyotdagi islohotlar — Inson qadri uchun» aksiyasi tashkil etilib, aksiya doirasida tajribali mutaxassislar tomonidan ko‘rik o‘tkazildi.
Aksiya doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori boshchiligida malakali mutaxassislardan tashkil topgan “Mobil guruh” a’zolari faol ishtirok etishdi. Ko‘rik davomida mutaxassislar tomonidan 100 nafarga yaqin yurak ishemik kasalliklari, yurak tug‘ma nuqsoni, arterial gipertoniya va surunkali yurak yetishmovchiligi kasalliklari bo‘lgan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, kerakli maslahatlarni berildi.