Sog‘liqni saqlash vazirligi, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, «Umid» xayriya jamoat birlashmasi tashabbusi ostida, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali, hamda Qarshi shahri «Shifo-nur» kup tarmoqli klinikasi xodimlari ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj 90 nafardan ortiq qandli diabet bilan kasallangan bemorlar va nogironlar uchun «Yurak hayot uchun» xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Aksiyada davomida ushbu bemorlarga bepul antropometriya, kardiolog, endokrinolog, oftalmolog shifokorlari ko‘riklari va laborator-instrumental tekshiruvlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan ushbu aksiyani keng ommaga yetkazish maqsadida hududiy telekanallar ham jalb qilindi.
O‘ylaymizki «29 sentabr – Xalqaro yurak kuni» ga bag‘ishlangan ushbu aksiya ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar uchun juda foydali bo‘ldi. Zero tibbiyotdagi islohotlar – Inson qadri uchun.