Hamshiralar Kengashinig navbatdagi yig‘ilishi

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida hamshiralar yig‘ilishi davriy ravishda o‘tkazilib, unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammo, kamchiliklar va ularning yechimi borasida muhokama olib boriladi.

Yig‘ilishni filial bosh hamshirasi L.G. Eshto‘xtaeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng kun tartibi bo‘yicha filialning Arterial giperterziya bo‘limi katta hamshirasi v.v.b. A. Mukarramova «In’eksiya va uning turlari» mavzusida tayyorlangan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Keyingi navbatda Kardiojarroxlik bo‘limi katta hamshirasi M. To‘xtaeva «Shok va uning turlari» mavzusida tayyorlangan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Shundan so‘ng Kardioreanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi X. Raupova tomonidan «Qo‘l yuvish texnikasi», «Bemorlarga kateter ulash tartibi», hamda «Dozator uskunasidan foydalanish qoidalari» bo‘yicha tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.

Yig‘ilish qizg‘in baxs munozalarga boy buldi. Yig‘ilish yakunida namoyish etilgan ma’lumotlaar bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Hamshiralar o‘rganganlarini shu yerning o‘zida ko‘rsatib berishdi. Uylaymizki tibbiyotning barcha bug‘inidagi xodimlarning bu kabi o‘z malakalarini doimiy ravishda oshirib borishlari tibbiyotdagi isloxotlar natijasida  buladigan xar ijobiy o‘zgarishlarda o‘z aksini topib boradi.