Habaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 yanvardagi PQ-103-sonli “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori chiqarilgan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida shahar, tumanlarda faoliyat olib borayotgan kardiologlar ishtirokida “Kardio klub” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishdan asosiy maqsad viloyatning olis hududlarida ham yurak qon-tomir kasalliklari oldini olish, erta aniqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yish bilan bog‘liq turli xil muammo va takliflarni urganib, bir jamoa bo‘lib hal qilishdan iborat bo‘lib hisoblanadi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ -103-sonli qarori ijrosini taxlil qilish bilar birga filialning malakali shifokorlari tomonidan yaqinda xorijiy mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan nufuzli konferensiyalarda ishtirok etib, u yerdan olingan kardiologiya sohasidagi yangiliklar bo‘yicha tayyorlangan ilmiy ma’ruzalar bilan fikr almashib, savol-javoblarga boy holatda ishtirok etishdi. Yakunda faol savol-javoblarda faol ishtirok etgan qatnashchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hulosa qilib aytganda bunday yig‘ilishlarni nafaqat viloyat markazida, balki shahar va tumanlarda ham tashkillashtirish, o‘qiladigan ma’ruzalar mavzularini oldindan ovoz yig‘ish yo‘li bilan tanlab olinib so‘ngra ushbu mavzu bo‘yicha ma’ruza qilish bilan birga doimiy ravishda Prezidentimizning PQ-103-sonli qarori ijrosini taxlil qilib borish bo‘yicha ham kelishib olindi.