43 yoshli ayol bemor yurak sohasidagi sanchuvchi og‘riqlarga shikoyat qilib murojaat qilib keldi. Standart tekshiruvlardan so‘ng bemorga diagnostik koronarografiya tavsiya qilindi. Koronarografiya natijasiga ko‘ra bemorda chap koronar arteriya oldingi tushuvchi shoxi bifurkatsiya sohasi shikastlanishi aniqlandi(LAD – o‘rta uchlikdan surunkali yopilishi, D1 – 90% torayish).
Bemorda Culotte texnikasi bo‘yicha stentlash amaliyoti o‘tkazildi. Koronar tomirlar bifurkatsiyasini 2 dona stent bilan stentlash amaliyoti murakkab amaliyotlardan biri bo‘lib, to‘g‘ri tanlangan va to‘g‘ri bajarilgan texnikada shikastlangan soha to‘liq stent bilan qoplanadi.