“Fuqarolar murojaati hamisha e’tiborda!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 24 sentabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida Qarshi shaxar Iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyatining xuquqiy ximoya mutaxassisi Rustam Berdiev ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 

Ushbu suhbatni tashkillashtirishdan asosiy maqsad markaz ishchi xodimlarining huquqiy ongini, iste’mol madaniyatini yanada yuksaltirishdir. Tadbir davomida ishchi xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va sohaga oid me’riy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuncha berish bilan bir qatorda iste’molchi kim, uning haq huquqlari nimalardan iborat, huquqlari buzilgan holatlarda kimga va qanday murojaat qilish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi.

 

Xulosa o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jixatdan barqaror umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo‘lgan, ma’naviy merosni va diniy qadriyatlarni tiklab, inson huquqlarni ustuvor soha darajasiga ko‘tara olayotgan mamlakatlardandir.