Joriy yilning 17 sentabr sanasida Moskva shahrining FNKS FMBA klinikasidan intervension kardiolog tibbiyot fanlari nomzodi Anton Valerevich Staferov tashrif buyurdi.
Mahorat darslari davomida 5 nafar bemorda ko‘rsatma bo‘yicha chap toj tomir o‘zakli zararlanishida, bifurkatsiyali zararlanishlarda, toj tomirlar surunkali yopilishida stentlash amaliyoti muvaffaqqiyatli bajarildi. Angiografik va klinik jihatdan ijobiy natijalarga erishildi. O‘tkazilgan mahorat darsi davomida bemorlarda jarrohlik amaliyotida asoratlar kuzatilmadi. Hozirda bemorlarning ahvoli qoniqarli.
O‘tkazilgan ushbu mahorat darslari markazimiz bilan o‘zaro tajriba almashishga, bemorlarga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatishga, Shifokorlarning o‘z markazida malakasini oshirishga va eng muhimi xalqimizga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirishga xizmat qiladi.
RIKIATM Qarshi filiali jamoasi o‘tkazilgan mahorat darslari uchun Anton Valerevichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.