Qashqadaryo viloyatida bolalar kardiojarroxligini yulga quyish uchun bir qadam

Qashqadaryo viloyati xokimligi, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi ostida joriy yilning 30.09.2022 yil kuni Respublika ixtisoslaashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialining majlislar zalida, RIKIATM direktori X. G. Fozilov (onlayn), VSSB birinchi urinbosari Sh.X. Gapparov,  RIKIATM QF ma’sul xodimlari, xamda viloyat bolalar kup tarmoqli shifoxonasi ma’sul xodimlari ishtirokida Viloyatda bolalar kardiojarroxligini yulga quyish maqsadida Rossiyaning «A.N. Bakuleev nomidagi yurak qon-tomir jarrohlik Milliy tibbiy tadqiqot markazi» ning ma’sul xodimlari o‘rtasida Zoom dasturi yordamida videokonferensiya aloqasi o‘rnatildi. Ushbu aloqa davomida bolalar kardiojarroxligini yulga quyish va bu buyicha malakali kadrlar tayyorlash va kelajakda xamkorlik qilish buyicha kelishib olindi.