2022 yil 7 oyi davomida viloyat tuman(shahar)larida nogironlik ko‘rsatkichlari, yo‘l qo‘yilgan hato va kamchiliklar va joriy yilda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘ldi.

Yig‘ilishni RIKIATM Qarshi filiali direktori Ya.R. Axmatov kirish so‘zi bilan ochib, qon aylanish kasalliklari bo‘yicha  nogironlikni oldini olish, birlamchi, qayta nogironlikni kamaytirish, nogironlarni reabilitatsiya qilish borasidagi ishlar to‘g‘risida va shu sohalarda 7 oylikdagi ishlar 2022 yil yakunigacha amalga oshirilishi lozim ishlar va vazifalarga to‘xtaldi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot berish uchun so‘zni Viloyat Bosh TMEK raisi o‘rinbosari K. Ro‘zievga berdi.

Joriy yilning 7 oyi davomida Qashqadaryo viloyatida jami nogironligi bo‘lgan shaxslar, turli kasalliklar va qon aylanish tizimi kasalliklari intensiv ko‘satkichi dinamikalari hamda kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Yig‘ilishni markaz direktori Ya.R.Axmatov yakunlash arafasida qatnashchilardan taklif va muloxozalar bo‘lsa yozma yoki og‘zaki yuborishi mumkinligini bildirdi va seminar so‘ngida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.