Ushbu tibbiy ko‘rik Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etildi. Bundan maqsad tuman aholisini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan turli hil kasalliklarini viloyat markaziga bormasdan shu yerning o‘zida dastlabki tashxis qo‘yish orqali ularning uzog‘ini yaqin qilishdan iborat hisoblanadi.
RIKIATM Qarshi filialining malakali kardiologlaridan iborat “Mobil guruh” a’zolari ham ushbu tibbiy ko‘rikka o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ko‘rik davomida 50 dan ziyod yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan aholi ko‘rikdan o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Uylaymizki o‘tkazilgan ushbu tibbiy kurik tuman aholisi uchun juda foydali bo‘ldi.