Elektrokardiostimulyator o‘rnatish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Markaz rentgenendovaskulyar jarroxlik bloki intervension kardiologlaridan iborat jamoa boshchiligida 73 yoshli (ayol) bemorda Davlat byudjeti hisobidan Davlat Tibbiy Sug‘urtasi bilan imzolangan shartnoma asosida imtiyozli ravishda  jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bemor markazga murojaat qilib kelganida sust urish tufayli(yurak qisqarishlar soni 40 tadan kam) bosh aylanishiga va bir necha bor xushidan ketishidan shikoyat qilib murojaat qilgan. Ushbu elektrokardiostimulyator o‘rnatilgandan so‘ng yurak pulsi normal holatga keldi va 85-90 martagacha ura boshladi. Ma’lumot sifatida eslatib o‘tamiz, ushbu amaliyot narkozsiz va kichik  kesma orqali amalga oshiriladi.