O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori hamda Qashqadaryo viloyat xokimining 2022 yil 12 maydagi 337-4-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida RIKIATM Qarshi filiali direktori t.f.n. Ya.R. Axmatov boshchiligida malakali kardiolog shifokorlardan iborat “Mobil guruh” a’zolari Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurishdi.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Chuchukquduq OShPga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelgan 70 dan ziyod yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan aholi ko‘rikdan o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Ma’lumot o‘rnida, TTB boshlig‘i Sh.Y. Amirovning ta’kidlashicha birlashmada yaqin oylar ichida alohida 10 koykaga mo‘ljallangan kardiologiya bo‘limi tashkil etish ko‘zda tutilgan.