Markazda yopiq turdagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish tiklandi

2022 yil mart oyida angiografiya uskunasining rentgen trubkasini texnik nosozligi sababli faoliyatini to‘xtatgan koronaroangiografiya (rentgen endovaskulyar jarrohlik bloki) uskunasi ma’lum muddat ish faoliyatini davom ettira olmadi. Bu o‘z navbatida ushbu yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga muxtoj aholini Respublikani boshqa xududlariga murojaat etishiga sabab bo‘lib biroz qiyinchiliklar tug‘dirdi.  Ammo bugungi kunga kelib rahbariyat kumagida ushbu holat bartaraf etilib bulim o‘z ish faoliyatini tikladi.

Markazdagi angiografiya uskunasini ishga tushirilishida SSV vaziri o‘rinbosari U.Yu. Sobirov, VSSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.X. G‘afforov, RShTYoIM Qashqadaryo filiali boshlig‘i R.P. To‘lakov, SSV Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi viloyat bo‘limi boshlig‘i I.M. Qodirovlar qatnashishdi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi kumagida “Diatech S.A” (Shvesariya) kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 05.08.2022 yil markazimizga olib keltirilib, 10 avgust kunidan boshlab uskuna ishga tushirilib, yana yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlari o‘tkazilishi boshlanganini ma’lum qilamiz.

 

Ushbu uskunani ishga tushirish va bulim o‘z faoliyatini tiklashi uchun kumak berib yordam qulini chuzgan raxbariyatga, xususan Sog‘liqni saqlash vazirligiga, Viloyat xokimligiga, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga Markaz jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Shu kunning o‘zida Markazda 6 nafar bemorda KAG va 4 nafar bemorda KAG va Stentlash amaliyotini muvaffaqiyatli bajarilganini ma’lum qilamiz.

Ushbu angiografik uskunasi yordamida markazimizda quyidagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish imkoni mavjudligi va amalga oshirilib kelganligini ma’lum qilamiz:

        Filialda o‘tkazilayotgan yuqori texnologiyali operatsiyalar qo‘yidagilardir:

  1. Bir, ikki, uch (kup) tomirli zararlanishlarda diagnostik koronarografiya va koronar stentlash amaliyoti;
  2. Bo‘lmachalararo to‘siq defektini kateter orqali berkitish membranoz va mushakli defektlar diagnostik angiokardiografiyasi va defektni okklyuder yordamida berkitish;
  3. Qorinchalararo to‘siq defektini kateter orqali berkitish (membranoz va mushakli defektlar diagnostik angiokardiografiyasi va defektni okklyuder yordamida berkitish).
  4. Doimiy Elektrokardiostimulyator implantatsiyasini o‘tkazish

5.Sinus tuguni sustligi sindromi (sinus bradikardiya 4-murakkablik darajasi), (sinoatrial blokada 5-murakkablik darajasi, taxikardiya-bradikardiya sindromi 5-murakkablik darajasi, sinus to‘satdan to‘xtashi 5-murakkablik darajasi) Doimiy Elektrokardiostimulyator implantatsiyasini o‘tkazish

  1. AV blokada (I daraja 4- murakkablik darajasi), (II daraja Miobits I, 4- murakkablik darajasi), (II daraja Miobits II, 5- murakkablik darajasi, II daraja 2:1 o‘tkazuvchanlik bilan 5-murakkablik darajasi), (III daraja 4 murakkablik darajasi), (uch tutamli blokada 5 murakkablik darajasi) Doimiy Elektrokardiostimulyator implantatsiyasini o‘tkazish
  2. Boshqa aniqlangan yurak ritmi buzilishlari (5-murakkablik darajasi) Doimiy Elektrokardiostimulyator implantatsiyasini o‘tkazish yoki Doimiy Elektrokardiostimulyator implantatsiyasini o‘tkazish
  3. Perikard kasalliklarida. 4-5-murakkablik darajasi. Perikardiotsentez va perikard bo‘shlig‘ini drenaj qilish jarroxlik amaliyoti;
  4. Periferik tomirlar, jumladan uyku aretriyalari angioplastikasi va stentlash amaliyoti;
  5. Bachadon miomasida bachadon arteriyasi embolizatsiyasi;
  6. Aortaning transkateter implantatsiyasi

 

Shu bilan birga ushbu angiografik uskuna va portativ aritmologik jamlanma bilan intervension aritmologlar mahorat darslari yordamida quyidagi yuqori texnologik amaliyotlarni ham amalga oshirish imkoniyati mavjud hisoblanadi:

 

  1. Qorinchalar usti ekstrasistoliyasi (O‘ng bo‘lmachadan chiquvchi 4- murakkablik darajasi) (chap bo‘lmachadan chiquvchi 5-murakkablik darajasi) Yurak ichi elektrofiziologik tekshiruvi va radiochastotali ablatsiyasi

 13.Qorinchalar ekstrasistoliyasi (idiopatik turi 4- murakkablik darajasi), (ishemik turi 5-murakkablik darajasi. Yurak ichi elektrofiziologik tekshiruvi va radiochastotali ablatsiyasi

  1. WPW sindromi (O‘ng tomonda joylashgan qo‘shimcha yo‘l 4- murakkablik darajasi), (chap tomonda joylashgan qo‘shimcha yo‘l, septal kushimcha yul, 5-murakkablik darajasi) Yurak ichi elektrofiziologik tekshiruvi va radiochastotali ablatsiyasi
  2. Bo‘lmachalar taxikardiyasi (O‘ng bo‘lmacha taxikardiyasi 4- murakkablik darajasi), (chap bo‘lmacha taxikardiyasi 5-murakkablik darajasi) Yurak ichi elektrofiziologik tekshiruvi va radiochastotali ablatsiyasi

16.Tipik AV tugunli resiprok taxikardiya (4 – murakkablik darajasi) Atipik AV tugunli resiprok taxikardiya (5-murakkablik darajasi)Yurak ichi elektrofiziologik tekshiruvi va radiochastotali ablatsiyasi

  1. Noaniq paroksizmal taxikardiya (5-murakkablik darajasi). Yurak ichi elektrofiziologik tekshiruvi va radiochastotali ablatsiyasi
  2. Boshqa aniqlangan yurak ritmi buzilishlari (5-murakkablik darajasi) Doimiy Elektrokardiostimulyator implantatsiyasini o‘tkazish
  3. Qorinchalar taxikardiyasi va titrashi (miokardning nokoronarogen kasalliklari natijasida 5-murakkablik darajasi, miokardning koronarogen kasalliklari natijasida 5-murakkablik darajasi) Yurak ichi elektrofiziologik tekshiruvi va radiochastotali ablatsiyasi.