O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori hamda Qashqadaryo viloyat xokimining 2022 yil 12 maydagi 337-4-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida RIKIATM Qarshi filiali direktori t.f.n. Ya.R. Axmatov boshchiligida malakali kardiolog shifokorlardan iborat “Mobil guruh” a’zolari Muborak tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurishdi.
Markaziy poliklinikaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelgan 40 dan ziyod yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan aholi ko‘rikdan o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Shu bilan bir qatorda filial direktori TTB da mavjud shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida birlashma boshlig‘i o‘rinbosari N. Ostonov va tuman bosh kardiologi X. Saidmurodov bilan uchrashdi.
Birlashmada alohida kardiologiya bo‘limi mavjud emasligi, lekin terapiya bo‘limi negizida kardiologiya bo‘limi mavjud hisoblanadi. Birlashmaga “Salomatlik loyihasi” doirasida VEM apparatini ishlatishga mutaxassis bor ammo SMAD ishlatadigan mutaxassis yetishmaydi.
Uchrashuv davomida Muborak tumanida mavjud yurak qon-tomir tizimi kasalliklarining statistik ma’lumotlari taxlil qilindi va mavjud muammolar bo‘yicha amaliy yordam berish ta’kidlab o‘tildi.