RIKIATM Qarshi filiali direktori PhD Axmatov Ya.R. va tumanga biriktirilgan kurator Sh. Raxmatullaevlar bilan birgalikda tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad prezidentimizning 103-sonli qarori ijrosi ta’minlanganligini aniqlash iboratdir. Dastlab Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.v.b. I. Abdullaev va tuman bosh kardiologi M. Mirbadalov bilan uchrashilib “Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari” markaziga tashrif buyurildi. U yerda angiografiya apparati o‘rnatilishi ma’lum qilindi va o‘rnatiladigan xona ko‘zdan kechirilganda uzunligi 6.25 m, eni 5.4 m va balandligi 3 metrligi ma’lum bo‘ldi. Shu o‘rinda mavjud shart-sharoitlar bilan ham tanishildi. Birlashmada alohida kardiologiya bo‘limi mavjud bo‘lib, u yerga ma’sul kardiolog A. Eshmo‘minov xam uchrashilib bo‘limdagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanishildi. Ma’lum bo‘lishicha bo‘lim jami 25 koyka mavjud bo‘lib, qushimcha 4 koyka xo‘jalik hisobidan tashkil etilgan. Bo‘limda faqat EKG apparati mavjud bo‘lib, “Salomatlik loyihasi” doirasida topshirilgan VEM apparati nosoz holatda.
Tumanning Maymanoq, Komilon, Xo‘jaxayron, Chovqay, Qamashi, Denov, Fazli OPlarida yurakni exokardiografik tekshiruv imkoniyatiga ega bo‘lgan UTT apparati mavjudligi aniqlandi. Ushbu tekshiruvlarni amalga oshiradigan mutaxassislarni RIKIATM Qarshi filialida o‘qitish bo‘yicha amaliy yordam berish bo‘yicha kelishib olindi.