RIKIATM Qarshi filiali direktori PhD Axmatov Ya.R. va tumanga biriktirilgan kurator F. Qo‘zievlar bilan birgalikda tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad prezidentimizning 103-sonli qarori ijrosi ta’minlanganligini aniqlash iboratdir. Dastlab G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D. Shaymardanov va kardiolog shifokor E. Durmanov bilan uchrashilib mavjud shart-sharoitlar bilan tanishildi. Birlashmada alohida kardiologiya bo‘limi mavjud emasligi, lekin terapiya bo‘limi negizida kardiologiya bo‘limi mavjudligi aniqlandi. Birlashmaga “Salomatlik loyihasi” doirasida VEM va SMAD apparatlari topshirilgan ammo ishlatadigan mutaxassis yetishmaydi. Bemorlarga trombolizis uchun ishlatiladigan streptokinaza dorisi TTBda mavjud emasligi aniqlandi. Shu o‘rinda birlashma boshlig‘i tomonidan 2 dona gemodializ, MSKT, endoskopiya, raqamli rentgen apparatlari ham mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. TTBda yaqin kunlarda zamonaviy angiografiya apparati o‘rnatilishi va mutaxassis bilan ta’minlanishi birlashma boshlig‘i tomonidan aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng tumanda yangidan tashkil etilgan “Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari” markazi ham ko‘zdan kechirildi