RIKIATM Qarshi filiali direktori PhD Axmatov Ya.R. va biriktirilgan kuratorlar J. Islomov hamda O. Ismatovlar bilan birgalikda tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad prezidentimizning 103-sonli qarori ijrosi ta’minlanganligini aniqlash iboratdir. Dastlab Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i N. Xalilov va kardiolog shifokor P. Ergashev bilan uchrashilib mavjud shart-sharoitlar bilan tanishildi. Birlashmada alohida kardiologiya bo‘limi mavjud emasligi, lekin terapiya bo‘limi negizida kardiologiya bo‘limi mavjudligi va ushbu bo‘lim joylashgan binoda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi. Birlashmada UTT apparati hozircha mavjud emas va “Salomatlik loyihasi” doirasida topshirilgan VEM apparati nosoz holda. Birlashmada ahamiyatli tomoni bemorlarga trombolizis uchun ishlatiladigan 2 dona streptokinaza dorisi ShTBda mavjud ekanligi aniqlandi. Shu o‘rinda birlashma boshlig‘i tomonidan gemodializ apparati ham mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Birlashma boshlig‘ining ta’kidlashicha yaqin kunlarda birlashmaning alohida 1 qavatli binosida zamonaviy angiografiya apparati o‘rnatiladi va mutaxassis bilan ta’minlanadi. Ta’kidlab o‘tilgan bino ham ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurildi. TTB boshlig‘i Z. Jalolov boshchiligida birlashma ko‘zdan kechirildi. U yerda alohida kardiologiya bo‘limi mavjud bo‘lib, ma’sul kardiolog X. Umurqulov bilan uchrashib bo‘lim holati bilan tanishib chiqildi. Bu yerda ham prezidentimizning 103-sonli qarori ijrosi ta’minlanganligi tahlil qilindi. Bemorlarga trombolizis uchun ishlatiladigan 3 dona streptokinaza dorisi TTBda mavjud ekanligi aniqlandi. TTBda mavjud UTT appartlarida ExoKG tekshiruvini amalga oshirish uchun kadrlar malakasi oshirilishi bo‘yicha amaliy yordam berilish bo‘yicha kelishib olindi.