Joriy yilning 19 iyul kuni RIKIATM Qarshi filiali direktori PhD Axmatov Ya.R. va tumanlarga biriktirilgan kuratorlar Sh. Abduraxmonov hamda B. Mirzaevlar bilan birgalikda tumanlarga tashrif buyurishdi. Dastlab Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U. Boysunov va kardiolog shifokor Y. Qo‘chqorov bilan uchrashilib mavjud shart-sharoitlar bilan tanishildi. Tumanda alohida 30 koykaga mo‘ljallangan kardiologiya bo‘limi mavjud bo‘lib, u yerda faqat EKG apparati bilan ta’minlangan. “Salomatlik loyihasi” doirasida topshirilgan VEM apparati nosoz holda bulganligi sabab ish faoliyatida emas. Bo‘lim xodimlari tomonidan yurak aritmiyalari bilan murojaat etuvchi bemorlar soni ko‘pligi sababli, bulim uchun sutkalik Xolter EKG apparatiga ehtiyoj borligi aytildi. Ahamiyatli tomoni bemorlarga trombolizis uchun ishlatiladigan streptokinaza dorisi TTBda bo‘lmasada, xususiy dorixonalarda mavjud ekanligi aniqlandi.
«Birlamchi tibbiy-sanitar yordamni rivojlantirish» loyihasi doirasida tumanning Qamay, Oqrabot, Tuqboy, Qorabog‘, Qishliq OPlarida ajratilgan UTT appartida ExoKG tekshiruvini amalga oshirish uchun kadrlar malakasi oshirilishi bo‘yicha amaliy yordam berilish bo‘yicha kelishib olindi. Tuman ma’sullari bilan statistik ma’lumotlarni batafsil tahlil etilgan holda taqdim etish bo‘yicha xam kelishib olindi.
Shundan so‘ng Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurildi. U yerda ham kardiologiya bo‘limi mavjud bo‘lib, ma’sul kardiolog M. Bakirova bilan uchrashib bo‘lim holati bilan tanishib chiqildi. TTB boshlig‘i S. Jo‘raev bilan ham muloqot qilindi. «Birlamchi tibbiy-sanitar yordamni rivojlantirish» loyihasi doirasida TTBda mavjud 7 ta UTT appartida ExoKG tekshiruvini amalga oshirish uchun kadrlar malakasi oshirilishi bo‘yicha amaliy yordam berilish bo‘yicha kelishib olindi.