Chiroqchi tumanidagi kardiologiya sohasi bo‘yicha vaziyat bilan tanishish maqsadida tashrif buyurildi.

Chiroqchi tumani viloyatimizning eng katta tumanlaridan hisoblanadi. Bu yerda yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish holatlari nisbatan ko‘proq uchraydi.

Shu sababli RIKIATM Qarshi filiali direktori t.f.n. Ya.R. Axmatov va tumanga biriktrilgan kurator G‘. Rajabov birgalikda tumanga tashrif buyurishdi. Dastlab tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i E. Arziev bilan uchrashilib mavjud shart-sharoitlar bilan tanishildi. Tumanda alohida kardiologiya bo‘limi mavjud emasligi, ammo tumanga «Birlamchi tibbiy-sanitar yordamni rivojlantirish» loyihasi doirasida tumanning 58, 59, 60-OPlariga  ajratilgan UTT appartida ExoKG tekshiruvini amalga oshirish uchun kadrlar malakasi oshirilshi bo‘yicha amaliy yordam berilish bo‘yicha kelishib olindi.

Shundan sung TTB binosida xujalik hisobidan xizmat ko‘rsatadigan, ochilishi rejalashtirilayotgan kardiologik, terapevtik bulimlar holati bilan tanishildi, o‘zaro fikr almashildi va kerakli tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasiga ham kardiologik holatni o‘rganish maqsadida tashrif buyurildi, afsuski birlashma boshlig‘i O. Shaymanov bilan uchrashishni imkoni bo‘lmaganligi sababli mavjud shart-sharoit bilan batafsil tanishini imkoni bo‘lmadi.