RIKIATM Qarshi filiali direktori t.f.n. Ya.R. Axmatov tuman kuratori K. Fayziev bilan birgalikda Nishon tumani tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan asosiy maqsad tumanda yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy jihozlar va asbob uskunalar hamda dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasini urganilib, ushbu urganish natijasida imkon qadar zudlik bilan amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Filial direktori tuman kardiologiyasi uchun ma’sul shifokor O.Gaffarov bilan uchrashib sohadagi muammo va kamchiliklarni shaxsan urgandi. Natijada tumanda 1 stavka vakant kardiolog shtati mavjudligi, VEM apparati ta’mir talab axvolga kelib qolganligi, hamda birlashmada kardiologik kasalliklar uchun ajratilgan jami 20 koykadan 5 koykasi tayinli sababsiz qisqartirilganligi aniqlandi. Shu o‘rinda O.Gaffarov tomonidan birlashmaga EXOKG, XMEKG apparatlari va labarator tekshiruv tahlillarini yanada ko‘paytirish taklifi berildi.
Urganilgan ushbu muammo va kamchiliklar yuzasidan filial direktori tomonidan ijobiy xal etilishi ta’kidlab o‘tildi.