Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama qilindi.
Tadbirni filial direktori t.f.n. Ya.R. Axmatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zXDP Qarshi shahar kengashi raisi R. Murtazaev so‘zga chiqib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Xususan, konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos yaratish, korxona, tashkilotlarda ishchi-xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishsizlikdan himoyalanish, sifatli ta’lim, malakali tibbiy xizmat olish kabi ijtimoiy davlat yaratadigan imkoniyatlar, insonlarning huquqlarini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlarini kuchaytirish haqida tegishli tushuntirishlar berdi.
Tadbir so‘ngida partiyaning yangi a’zolariga “A’zolik guvohnoma” lari hamda faol partiya a’zolariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.