Ushbu seminarni tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston kardiologlari Assotsiatsiyasi va “SANTO member of Rolpharma group” kompaniyasi hamkorligida “Kardiologlar maktabi” ni yanada rivojlantirishdan iborat bulib xisoblanadi.
Dastlab seminarni RIKIATM Qarshi filiali majlislar zalida Markaz direktori t.f.n. Axmatov Ya.R. tomonidan kirish so‘zi bilan ochib berildi. Shundan so‘ng asosiy qismiga o‘tildi.
Birinchi bo‘lib akademik, O‘zbekiston kardiologlari Assotsiatsiyasi raisi Kurbonov R.D. “To‘satdan yurak o‘limi: birlamchi va ikkilamchi profilaktika” mavzusida ma’ruza qildi.
Keyingi ma’ruzani Rossiya Tibbiyot Akademiyasi Klinik farmakologiya va terapiya kafedrasi professori, t.f.n. S.R. Gilyarevskiy “Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashning optimal taktikasi haqidagi g‘oyalar evolsiyasi va inqilobi” mavzusida ma’ruza qildi.
Seminar so‘ngida yuqoridagi ma’ruzalar bo‘yicha savollarga javoblar berildi va filial direktori tomonidan ushbu ma’ruzalardan unumli ravishda amaliyot davomida qo’llash va amal qilish ta’kidlab o‘tildi.