Kitob tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-103-sonli hamda Qashqadaryo viloyati hokimining 337-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida RIKIATM Qarshi filiali direktori t.f.n. Ya.R. Axmatov boshchiligida malakali kardiolog shifokorlardan iborat “Mobil guruh” a’zolari Kitob tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurishdi.

Dastlab filial direktori yuqori texnologik amaliyotlar uchun elektron yo‘llanma tizimiga kiritish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Shundan so‘ng poliklinikaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelgan 70 dan ziyod yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan aholi ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida tibbiyot birlashmasida statsionar ravishda davolanayotgan bemorlarni  ham ko‘rikdan o‘tkazilib bo‘limdagi shifokorlarga ham kerakli tavsiyalar berildi.

Tibbiyot birlashmasida alohida kardiologiya bo‘limi ham mavjud bo‘lib, u yerdagi bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib bemorlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu bilan bir qatorda tumandagi oilaviy poliklinikalar ham ko‘zdan kechirilib, shart-sharoitlar urganilib, kerakli ko‘rsatmalar berildi.