Shu munosabat bilan RIKIATM Qarshi filialida tashkil etilgan tadbirda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bobir Teshaev, SSV Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi viloyat bo‘limi boshlig‘i Ilxom Qodirov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi direktori Shoira Nabievalar so‘z olib, N.Yuldoshevning viloyatda kardiologiya sohasi sifati va samaradorligini oshirishda va yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish borasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
N.Yuldoshevga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, tashakkurnoma hamda qimmatbaxo sovg‘alar topshirildi.
Tadbir so‘nggida Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bobir Teshaev tomonidan filialning yangi raxbari Ya.Axmatov ham jamoaga tanishtirildi.