Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori vazifasida ishlab kelgan Axmatov Yashin Ravshanovich ushbu markazning Qarshi filiali direktori lavozimiga tayinlandi.
Yashin Axmatov 1982 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan.
Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ya.Axmatov professional faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida boshlagan.
Turli yillarda ushbu markazda klinik ordinator, stajor tadqiqotchi, laboratoriya ilmiy xodimi va bosh shifokor lavozimlarida mehnat qilgan.