RIKIATM Qarshi filialida faoliyat olib borayotgan malakali kardiolog va kardiojarroh shifokorlardan iborat “Mobil guruh” a’zolari Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasida tashrif buyurishdi. U yerda ambulator sharoitda bemorlar bepul ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida 70 nafardan ortiq yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan tavsiyalar berildi. Funksional diagnostika bo‘yicha ko‘chma EXOKG apparatlari bilan tekshiruvlarni ham o‘tkazildi. Tekshiruvda bemorlar orasida jarroxlik amaliyotiga ehtiyoji borlari ham aniqlanib, ularga respublika va viloyat darajasida jarroxlik amaliyoti o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shahardagi IT operator hamshiralarga elektron imtiyozli yo‘llanmalarni viloyat darajasida yuborishdagi xato va kamchiliklar, ularni bexato yuborish bo‘yicha tushunchalar berildi.