Yurak klapani orttirilgan nuqsonidan aziyat chekayotgan 84 yoshli bemorda hamkorlikdagi murakkab yuqori texnologiyali amaliyot(TAVI) ótkazildi.

RIKIATM Qarshi filiali direktori t.f.d., Yuldoshev N.P., Voxidov nomidagi RIXIATM intervension kardiologiya va rentgenendovaskulyar jarroxlik bólim rahbari, t.f.d., Zufarov M.M., va Myasnikov nomidagi Moskva kardiologiya markazi qon tomir kasalliklari gibrid xirurgiyasi laboratoriyasi rahbari, t.f.d., Imayev T.A. bilan birgalikda aortal klapan teshigi kritik toraygan(klapan yuzasi-0,9sm2, bosim gradiyenti-90mm.sim.ust.) va yuqori jarroxlik xavf guruhidagi bemorga aortal klapan kòkrak qafasini kesmasdan tomir orqali implantatsiya qilindi. Bemorda aortal klapan kórsatkichlari jarroxlik xonasini ózidayoq yaxshilandi(bosim gradiyenti-5mm.sim.ust.). Bu kabi murakkab amaliyotlarning mamlakatimizda amalga oshirilishi tibbiyotimizning yuksak yutuqlaridan deb ishonch bilan aytish mumkin.