RIKIATM Qarshi filialida navbatdagi xamkorlikdagi jarroxlik amaliyotlari bo‘lib o‘tdi.

Shveysariyaning syurix Universitet Shifoxonasidan tashrif buyurgan Axmed Ouda boshchiligidagi kardioxirurglardan iborat delegatsiya markazimiz shifokorlari bilan hamkorlikda bir qancha murakkab yuqori texnologiyali jarroxlik amaliyotlari o‘tkazildi.

Shveysariyaning “Eur Asia Neart” fondi tomonidan  yuqori texnologik amaliyot o‘tkazish uchun yetkazilgan tibbiy asbob uskunalarni ko‘zdan kechirib, amaliyotda qanday qo‘llash bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini berib o‘tishdi.

RIKIATM Qarshi filiali jamoasi “Eur Asia Neart” fondi va Shveysariyaning syurix Universiteti shifokorlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.