Qashqadaryo viloyati hokimining 337-sonli qarorida belgilangan vazifalarni viloyat kardiologlari kesimida chora tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishdan asosiy maqsad viloyat hokimining tuman (shahar)lar birlamchi bo‘g‘in muassasalarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 337-sonli qarorini kardiologiya sohasida ijrosini ta’minlashdan iborat.

Dastlab yig‘ilishni filial direktori t.f.d. N.P. Yuldoshev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Filial direktorining taklifiga binoan SSV Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi viloyat bo‘limi boshlig‘i I.M. Qodirov ham so‘zga chiqib viloyatda kardiologiya sohasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘zining iliq fikrlarini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng filial direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Sh. G‘afforov so‘zga chiqib tuman(shahar)larda kardiologiya sohasida olib borilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qildi. Ma’ruza tanqidiy va taxliliy ruxda bo‘lib o‘tdi. Xar bir tuman bosh kardiologlari taklif etilib, sohada olib borilayotgan ishlar, statistik ma’lumotlarning haqqoniyligi, muammo va takliflari ham muxokama qilindi.

Barcha muammo va kamchiliklar xar bir tuman kesimida urganib chiqilib kardiologiya xizmatini tubdan yaxshilash bo‘yicha viloyat hokimiga taklif kiritildi