Koson tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

RIKIATM Qarshi filialida faoliyat olib borayotgan malakali kardiolog va kardiojarroh shifokorlardan iborat “Mobil guruh” a’zolari Prezidentimizning 103-sonli hamda viloyat hokimining 337-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Koson tuman tibbiyot birlashmasida tashrif buyurishdi. U yerda ambulator sharoitda bemorlar bepul ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida 60 nafarga yaqin yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan tavsiyalar berildi. Funksional diagnostika bo‘yicha ko‘chma EXOKG apparatlari bilan tekshiruvlarni ham o‘tkazildi. Tekshiruvda bemorlar orasida jarroxlik amaliyotiga ehtiyoji borlari ham aniqlanib, ularga respublika va viloyat darajasida jarroxlik amaliyoti o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tumandagi umumiy amaliyot shifokorlariga Elektrokardiogramma(EKG) apparatini qanday ishlatish bo‘yicha master klas ham o‘tkazildi.