Shaxrisabz tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

RIKIATM Qarshi filialida faoliyat olib borayotgan malakali kardiolog va kardiojarroh shifokorlardan iborat “Mobel guruh” a’zolari Shaxrisabz tuman tibbiyot birlashmasida tashrif buyurishdi. U yerda ambulator sharoitda bemorlar bepul ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida 50 nafardan ortiq yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan tavsiyalar berildi. Funksional diagnostika bo‘yicha ko‘chma EXOKG apparatlari bilan tekshiruvlarni ham o‘tkazildi. Tekshiruvda bemorlar orasida jarroxlik amaliyotiga ehtiyoji borlari ham aniqlanib, ularga respublika va viloyat darajasida jarroxlik amaliyoti o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Filial direktor boshchiligida Davlat tibbiy sug‘irtasi jamg‘armasi orqali bepul jarroxlik amaliyoti o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilgan bemorlarni elektron tizimga kiritish bo‘yicha tor soha vakillari va IT operator hamshiralariga kerakli ko‘rsatmalar ham berib o‘tildi.

Taqdir taqazosi bilan tushakka yotib qolgan bemorlarni uyiga borib, xolidan xabar olib, tekshiruvlar o‘tkazilib zarur ko‘rsatmalar ham berildi.

Tumandagi umumiy amaliyat shifokorlariga Elektrokardiogramma(EKG) apparatini qanday ishlatish bo‘yicha master klas ham o‘tkazildi.